Microsoft 60 ming xodimga kompensatsiya evaziga işdan ketişni taklif qiladi

Microsoft qariyb 60 ming xodimga kompensatsiya evaziga öz xoһişi bilan işdan ketişni taklif qiladi. Bu kompaniyaning iyun oxiridagi 223 ming kişilik ştatining qariyb 27 foiziga teng, deb yozdi Bloomberg içki hujjatlarga tayanib.
Taklif Xbox, Windows, Copilot va moliya bölmalari xodimlariga beriladi. Ma’lumotlar markazlari, kiberxavfsizlik, kvant hisoblaş, savdo va marketingda işlaydigan ayrim mutaxassislar dasturda qatnaşa olmaydi.
60 ming kompaniya tark etadigan xodimlar soni emas. Bu taklifni olişi mumkin bölganlar soni. Microsoft ularning bir qismi rozilik bildirişini kutmoqda.
Kompensatsiya miqdori odatiy işdan böşatiş nafaqasiga yaqin böladi. Aniq summa va ariza topşiriş muddati oçiqlanmagan. Ayrim xodimlar dasturda qatnaşiş uçun ariza bersa ham, kompaniya ularga işda qolişni taklif qilişi mumkin.
Iyul oyida pensiya yoshiga yaqinlaṣayotgan xodimlar uçun şunga öxşaş dastur ötkazilgan edi. Unda qatnaşiş huquqiga ega 8750 ga yaqin xodimning 30 foizdan köproği taklifni qabul qilgan.
Microsoft xodimlari soni 2022-yildan beri deyarli özgarmagan. Şu davrda kompaniya sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlariga xarajatlarni oşirib, boshqa yönalişlardagi sarflarni qisqartirmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
