Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish uchun keldi

Siyosat 7 oktyabr, 21:23
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish uchun keldi

7-oktabr kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Turkmanboshi aeroportida uni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi rais o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

8-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi maslahat yig‘ilishida ishtirok etadi.

9-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tashrif davomida boshqa davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

1,0860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→