Yangiliklar/Jamiyat

Oktyabr-noyabr oylarida Yashnobod tumani o‘quvchilari harbiy ro‘yxatga olinadi

Jamiyat 7 oktyabr, 12:27
Oktyabr-noyabr oylarida Yashnobod tumani o‘quvchilari harbiy ro‘yxatga olinadi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 2026-yil oktabr–noyabr oylarida o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs o‘quvchilarini harbiy ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Bu haqda tuman hokimining qarorida belgilangan.

Ro‘yxatga olish uchun tibbiy komissiya tarkibi tasdiqlangan. Korxona, tashkilot va ta’lim muassasalariga ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etish hamda ularni belgilangan tartibda chaqirish zarurligi haqida xabardor qilish topshirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chaqiruv uchastkalariga qayd etish fuqarolarni harbiy hisobga qo‘yish, ularning harbiy xizmatga yaroqlilik darajasi, ma’lumoti va jismoniy tayyorgarligini aniqlash imkonini beradi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng fuqaro chaqiriluvchi maqomini oladi va unga tegishli guvohnoma beriladi.

Harbiy ro‘yxatga olishning o‘zi muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni anglatmaydi. Harbiy xizmatga chaqiruv qonunchilikda belgilangan alohida tartibda amalga oshiriladi.

1,9110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→