Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki banknotlarni sotgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida qalbaki pul tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Xabarlarga ko‘ra, 39 yoshli Asaka tumani fuqarosi qalbaki 100 va 200 ming so‘mlik banknotlarni shartli xaridorga sotgan.
Banknotlarning nominal qiymati jami 297 mln so‘mni tashkil etgan, ular 148 mln so‘mga sotilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining uyida kompyuter, Epson printeri, 50 va 100 ming so‘mlik banknotlar tasvirlari tushirilgan maxsus qog‘ozlar hamda qalbaki pullarni kesishga mo‘ljallangan uskunalar aniqlangan. Buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda qalbaki pulni tayyorlash yoki uni o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilaydi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
