Toshkentdagi ayrim dorixonalarda dori narxlari 6 baravargacha oshirib sotilgani aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkentdagi ayrim dorixonalarda dori vositalari narxlari keskin oshirib sotilganini aniqladi.
“Maxfiy xaridor” usulida o‘tkazilgan tekshiruvlarda ayrim preparatlar ruxsat etilgan narxdan 5–6 baravargacha qimmat narxda sotilgani ma’lum bo‘lgan.
Jumladan, SHUNQORLAR MChJ dorixonasida:
- “Polimik” preparati ruxsat etilgan 12 800 so‘m o‘rniga 70 000 so‘mga;
- “Konvuleks” tomchilari 66 500 so‘m o‘rniga 395 000 so‘mga sotilgani aniqlangan.
MUNO FARM dorixonasida esa “Stimuloton” preparati 50,7 ming so‘mlik ruxsat etilgan narx o‘rniga 295 000 so‘mdan taklif qilingan.
Tekshiruvlarda CITY FARM, HOSIL FARM, AMIR FARM TRADE, FERUZA NUR MED, LEADER PHARMGROUP, PHARM S GOLDEN va RUSLAN BUYUK FARM dorixonalarida ham narxlarni oshirish holatlari qayd etilgan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra:
- “Baktamed” ayrim dorixonalarda 70 foizgacha qimmat sotilgan;
- “Lantus Solostar” narxi ruxsat etilgan qiymatdan 65 foizga yuqori bo‘lgan;
- “Slideron” preparati qariyb 3 baravar qimmatlashtirilgan;
- “No-Shpa” preparati ham bir necha dorixonada belgilangan narxdan yuqori sotilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan dorixona faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organlarga tegishli taqdimnoma va so‘rovlar yuborilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
