O‘zbekistonda ish topa olmagan fuqarolarga uchinchi oy uchun ham o‘rtacha ish haqi to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentabrdagi 519-son qarori bilan ayrim asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, agar fuqaro ishdan bo‘shatilganidan keyin uch oy davomida ishga joylasha olmasa, unga avvalgi ish joyi hisobidan uchinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqi to‘lab beriladi.
Qaror bilan ikki turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi ham belgilandi:
- mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin uchinchi oy uchun o‘rtacha ish haqini to‘lash;
- qisqartirilgan yoki bo‘shatilgan xodimlarga yoshga doir pensiyani muddatidan oldin tayinlash.
Muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi mehnat bozoridagi o‘zgarishlar sabab ishsiz qolgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yangi tartiblar fuqarolarning daromadsiz qolish davrida ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va davlat xizmatlarini aniq reglamentlar asosida ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
