Yangiliklar/Jamiyat

Mirabad bozorida arzon narxlarda goʻsht sotish nuqtasi ochildi

Jamiyat 5 oktyabr, 13:53
Mirabad bozorida arzon narxlarda goʻsht sotish nuqtasi ochildi

Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida go‘shtni nisbatan arzon narxlarda sotishga mo‘ljallangan savdo nuqtasi ish boshladi. Bu yerda mahalliy hamda Belarus, Mo‘g‘uliston va Hindistondan keltirilgan mol va qo‘y go‘shti mavjud. Narxlar 65 ming so‘mdan 85 ming so‘mgacha etib belgilangan.

Mirobod tumani hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, savdo nuqtasi aholini go‘sht mahsulotlari bilan qulay narxlarda ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Dastlabki xabarda narx qaysi o‘lchov birligi uchun ekani ko‘rsatilmagan, biroq gap kilogramm narxi haqida ketayotgani anglashiladi.

Taqqoslash uchun, Iqtisodiyot va moliya vazirligi monitoringiga ko‘ra, Eski Juva — Chorsu bozorida mol go‘shtining ayrim turlari, jumladan, qovurg‘a va import qilingan sovutilgan go‘sht kilogrammi 75–100 ming so‘mdan sotilmoqda. Qo‘y go‘shtining ayrim turlari esa 90–120 ming so‘mni tashkil etadi.

Go‘sht narxlarining pasaytirilishi mamlakatda ushbu mahsulot narxi oshib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Avvalroq davlat rahbari aprel–iyun oylarida go‘sht narxi 6–8 foizga oshganini ma’lum qilgan edi. Import qilinadigan go‘shtni havo transportida yetkazib berish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 300 mlrd so‘m ajratilgani ham xabar qilingan.

Mirobod bozori avval Gospitalniy nomi bilan tanilgan bo‘lib, Gospital mavzesida joylashgan. Bozor har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha faoliyat yuritadi.

8910

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→