Yangiliklar/Siyosat

Latviya oʻzbek fuqarolariga viza berilishini vaqtincha cheklashni taklif qilmoqda

Siyosat 5 oktyabr, 16:27
Latviya oʻzbek fuqarolariga viza berilishini vaqtincha cheklashni taklif qilmoqda

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha cheklashni taklif qildi. Vazirlik bunga ayrim O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kelganidan ko‘p o‘tmay jinoyat sodir etgani haqidagi ma’lumotlarni sabab qilib ko‘rsatdi. Ular orasida voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar ham borligi aytilmoqda.

Ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava vaqtinchalik cheklov davrida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni kuchaytirish va jamoat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilganini bildirdi.

Latviya qonunchiligi xavfsizlik yoki jamoat tartibiga tahdid yuzaga kelganida hukumatga ayrim davlatlar fuqarolaridan viza arizalarini qabul qilish va ularning mamlakatga kirishini vaqtincha cheklash imkonini beradi.

Biroq cheklov hali joriy etilgani yo‘q. 29-sentabr kuni hukumat koalitsiyasidagi hamkorlar masalani Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritishni qo‘llab-quvvatlamadi. Ichki ishlar vazirligi taklif keyingi yig‘ilishda ko‘rib chiqilishiga umid qilmoqda. Vazirlik ehtimoliy cheklov qancha davom etishi va kimlarga istisno berilishini hozircha ma’lum qilmagan.

9440

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→