Toshkentning Shayxontohur tumanida suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida suv tarmoqlaridagi rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari sababli ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Suv ta’minoti 5-oktabr soat 09:00 dan 6-oktabr soat 15:00 gacha cheklanadi.
Ushbu davrda «Taxtapul», «Ko‘h ota», «Labzak», «Jangoh», «O‘rda», «Yangi Kamolon», «Kamolon», «Shayxontohur», «Qoratosh», «Kamolon darvoza», «Olmazor», «Xadra», «Chaqir» va «O‘qchi» mahallalari, shuningdek, «Chorsu» mavzesida suv bo‘lmaydi.
Shuningdek, «Tashkent City» xalqaro biznes markazi, «Paxtakor» stadioni, MTRK, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «LUKOIL Operating Company», Milliy matbuot markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diplomatiya litseyi, «Paxtakor» teatri, «Anhor Lokomotiv» bog‘i va boshqa qator obyektlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Qozonxonalarga suv yetkazib berilishi to‘xtashi sababli ayrim hududlarda ichimlik va issiq suv ta’minoti bir vaqtda uzilishi mumkin.
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus transport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1054, (+998 71) 256-10-95 va (+998 71) 252-60-08 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
