Yangiliklar/Siyosat

Senat bezorilik va noqonuniy jang musobaqalari uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Siyosat 3 oktyabr, 11:34
Senat bezorilik va noqonuniy jang musobaqalari uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Senat bezorilik, uyushgan guruhlar bilan bog‘liq jinoyatlar hamda jangovar sport turlari bo‘yicha noqonuniy musobaqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

Qonunda jinoiy javobgarlik yoshiga oid yangi norma ham nazarda tutilmoqda. Jinoyat sodir etgan vaqtida 14 yoshga to‘lgan shaxslar uyushgan guruh tarkibida bezorilik sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, agar bu jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Jinoyat kodeksiga jinoiy uyushma faoliyatini moliyalashtirish uchun alohida javobgarlik belgilovchi norma kiritilmoqda. Hokimiyat yoki mansab vakolatlaridan foydalanib, jinoiy uyushma tashkil etilishiga ko‘maklashish yoki u sodir etgan jinoyatlarni yashirish uchun ham javobgarlik belgilanadi.

Qonunda jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarga oid yangi normalar ham bor. Bunday musobaqalarni noqonuniy tashkil etish yoki o‘tkazish uchun jinoiy, ularda qatnashish uchun esa ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, mazkur jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni qaysi organlar olib borishiga doir protsessual normalar aniqlashtirilmoqda.

Qonun Senatning 20-yalpi majlisida ma’qullangan. Senat xabarida yangi javobgarlik choralari bo‘yicha aniq jazo muddatlari va miqdorlari keltirilmagan.

3700

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→