Oʻzbekistonda ikki vazirlik Ta’lim va Fan vazirligiga birlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qayta tashkil etilib, ular negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tuzildi.
Yangi vazirlik maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, akkreditatsiya va litsenziyalash masalalari bilan shug‘ullanadi.
Islohot doirasida ta’limning turli bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan tizim va ilmiy faoliyatni yagona boshqaruv tizimiga birlashtirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ta’lim tizimining jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish belgilangan.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar hamda metodik materiallarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish va natijalarini kuzatish bilan shug‘ullanadi. Aniqlangan kamchiliklar asosida materiallarni takomillashtirish ham agentlik vazifalariga kiradi.
Prezident Administratsiyasi huzurida tashkil etiladigan ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, uning ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
Oliy ta’lim sohasida davlat aralashuvini qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat ta’lim sektoriga imkoniyat yaratish rejalashtirilgan. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida sifat va natijalarni erkin raqobat hamda mehnat bozori talabi asosida baholashga e’tibor qaratiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
