Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent viloyati xokimiyati muammolarni oʻyin orqali xabar qilishga chaqirildi xalqnazorati.uz

Jamiyat 2 oktyabr, 17:10
Toshkent viloyati xokimiyati muammolarni oʻyin orqali xabar qilishga chaqirildi xalqnazorati.uz

Toshkent viloyati hokimligi aholini muammolar haqida xalqnazorati.uz platformasi orqali xabar berishga chaqirdi.

Platforma orqali yo‘llarning holati, ichimlik suvi va kanalizatsiya, isitish, elektr ta’minoti, ko‘cha yoritilishi, transport hamda infratuzilmaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaat yuborish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-son qaroriga ko‘ra, platformaga kelib tushgan murojaatlar ularni ko‘rib chiqish va muammoni hal etish uchun tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, foydalanuvchilar murojaatning ko‘rib chiqilish jarayoni va holatini kuzatib borishi mumkin. Tizimga viloyat va tuman hokimliklari, kommunal xo‘jalik, yo‘l, transport va boshqa sohalar uchun mas’ul tashkilotlar jalb etilgan.

Xalq nazorati dastlab Toshkent shahridagi muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan interaktiv platforma sifatida ishga tushirilgan. Keyinchalik uni mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan.

4240

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→