Yangiliklar/Jamiyat

Pensiya guvohnomasini my.gov.uz orqali elektron shaklda taqdim etish mumkin

Jamiyat 2 oktyabr, 20:33
Pensiya guvohnomasini my.gov.uz orqali elektron shaklda taqdim etish mumkin

Pensiya guvohnomasini my.gov.uz mobil ilovasi orqali elektron shaklda ko‘rish va taqdim etish mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Foydalanuvchilar ilovada guvohnomani ochib, pensioner maqomini tasdiqlash uchun elektron shaklda taqdim etishlari mumkin. Hujjatdan foydalanish uchun my.gov.uz mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Elektron pensiya guvohnomasi «Hujjatlar telefonda» tamoyili asosida joriy etilgan raqamli hujjatlar tizimining bir qismi hisoblanadi. Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son farmonida pensiya, talaba va nogironligi bo‘lgan shaxs guvohnomalarini mobil ilovada joylashtirish, shuningdek, ularni QR-kod orqali identifikatsiya qilish nazarda tutilgan.

my.gov.uz portalida pensiya ta’minotiga oid boshqa xizmatlar ham mavjud. Ular orasida pensiya tayinlash va to‘lash, pensiya jamg‘armalari hamda tegishli ma’lumotnoma va tasdiqlarni olish bilan bog‘liq xizmatlar bor.

6040

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→