Yunon-rum kurashi murabbiyiga xotinini kaltaklagani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

29-sentabr kuni Chilonzor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sud yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy va sport ustasi Afzal Akbarovga xotiniga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etgani uchun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
NeMolchi loyihasi xabariga ko‘ra, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayol avvalroq turmush o‘rtog‘i Afzal Akbarov uni muntazam ravishda kaltaklashi va tahdid qilishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘ravonlik holatlari farzandlari ko‘z o‘ngida ham sodir bo‘lgan.
Ayol murojaat qilganidan so‘ng unga sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tish uchun yo‘llanma berilgan. Ijtimoiy xizmatlar ham vaziyatga jalb qilinib, ayol ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati esa oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.
Keyinchalik ish ma’muriy tartibda ko‘rib chiqilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi ayolga yetkazilgan tan jarohatlarini yengil deb baholagan va ular sog‘liqning qisqa muddatli buzilishiga olib kelmaganini qayd etgan.
Sud majlisida Akbarov xotinini kaltaklaganini tan olgan, yengillik so‘ragan va bundan buyon zo‘ravonlik qilmasligini bildirgan. Jabrlanuvchi esa suddan unga ma’muriy qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.
Sud Akbarovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59²-moddasi 2-qismi — oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topdi. Unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Qamoq muddati 29-sentabrdan hisoblanadi. Shuningdek, sud Akbarovdan ma’muriy qamoqda saqlash xarajatlari uchun 618 ming so‘m undirishga qaror qilgan.
NeMolchi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea haqidagi dastlabki xabardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Akbarovni himoya qiluvchi izohlar ham qoldirilgan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, unga Akbarovning tanishlari ham qo‘ng‘iroq qilib, arizasini qaytarib olishni so‘ragan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
