Oʻzbekistonning 11 ta futbol klubi ishonch boshqaruviga oʻtkaziladi

O‘zbekistonda 11 ta professional futbol klubini tadbirkorlarga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Ro‘yxatdan “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Mash’al”, “AGMK” va “Paxtakor” o‘rin olgan.
Klubni boshqaruvga olgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi har yili klubning umumiy yillik xarajatlarining kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘larini yo‘naltirishi kerak bo‘ladi.
Homiylik xarajatlarini soliqqa tortiladigan foydadan chegirishga ruxsat etiladi. Bunda chegirma miqdori soliqqa tortiladigan foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak. Boshqaruvga berilgan klublar futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi, ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizni tashkil etadi.
Tadbirkorlar klublarni sotib olish, shuningdek, sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun tijorat banklaridan kredit olishi mumkin. Kredit muddati besh yilgacha, imtiyozli davri bir yil, foiz stavkasi esa yillik 14 foiz etib belgilanadi. Klublar balansidagi bino, inshoot va yer uchastkalarini bunday kreditlar uchun garovga qo‘yish mumkin emas.
Sportni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar vaqtida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining markaziy va hududiy telekanallarida tovar va xizmatlar reklamasini joylashtirish uchun 50 foizlik chegirma beriladi.
Shu bilan birga, 2026–2028-yillarda Superliga klublari davlat budjetidan mablag‘ olishda davom etadi. 2026-yilda 16 ta klubning har biriga 35 mlrd so‘mdan, 2027-yilda 30 mlrd so‘mdan, 2028-yilda esa 25 mlrd so‘mdan ajratiladi.
Klublarni tadbirkorlar boshqaruviga berish ularni davlat mablag‘lariga qaramligini kamaytirish rejalari doirasida amalga oshiriladi. Avvalroq 2030-yilgacha futbol klublarini moliyalashtirishni bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.
Davlat futbol klublarini xususiy boshqaruvga berish masalasi avval ham ko‘tarilgan. 2024-yil yanvar oyida «Paxtakor» 24,1 gektar yer uchastkasi bilan birga auksionga chiqarilgan. Keyinchalik jamoatchilik muhokamalaridan so‘ng xususiylashtirish jarayoni to‘xtatilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
