Shakira Markaziy Osiyoda birinchi marta chiqish qiladi
Dunyo 30 sentyabr, 15:22

Mashhur kolumbiyalik xonanda Shakira ilk bor Markaziy Osiyoda konsert beradi. San’atkor 2026-yil 18-oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxtidagi Bishkek Arena majmuasida o‘zining Las Mujeres Ya No Lloran World Tour turnesi doirasida chiqish qiladi.
Chiptalar savdosi 1-oktabr kuni soat 09:00 dan GovTicket platformasi orqali boshlanadi.
Tashkilotchilar e’lon qilgan narxlarga ko‘ra:
- cheklangan ko‘rinishdagi joylar — 137 dollar (12 ming som);
- o‘tirish joylari — 154 dollardan 457 dollargacha (13,5 ming — 40 ming som);
- raqs maydoni (dance floor) — 309 dollar (27 ming som);
- Skybox — bir kishi uchun 343 dollar (30 ming som);
- fan-zona — 457 dollar (40 ming som).
VIP toifadagi chiptalar keyinroq alohida sotuvga chiqariladi. Ularning narxi hozircha ma’lum qilinmagan.
Sahna Bishkek Arena majmuasining sharqiy tribunasi oldida o‘rnatiladi. Shu sababli sahna ortida joylashgan sektorlar tomoshabinlar uchun ochilmaydi.
1,8520
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
0·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
11·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
23·4 noyabr, 13:04

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
35·4 noyabr, 12:29

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
47·4 noyabr, 11:17