Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun yana 6500 ta kontrakt o‘rni ajratildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, 2026/2027-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi abituriyentlar oliy ta’limga kirishda qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga ko‘ra, qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ikki alohida mexanizm joriy etildi.
Birinchi imkoniyat doirasida kirish imtihonlarida 68 va undan yuqori ball to‘plab, davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 500 ta maqsadli qabul o‘rni ajratiladi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun abituriyentlar 2–6 oktabr kunlari my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Saralash kirish imtihonlarida qayd etilgan ballar ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi imkoniyat esa oliy ta’limga kira olmagan, biroq yetarli ball to‘plagan yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi murojaati asosida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 6500 ta qo‘shimcha to‘lov-kontrakt o‘rni tasdiqlandi.
Ushbu o‘rinlar:
- Qoraqalpog‘istondagi umumta’lim maktablari, kollej va texnikumlarni bitirgan;
- kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball olgan;
- ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun ajratiladi.
Vazirlikning qayd etishicha, tanlov natijalari va qabul ro‘yxatlari tegishli oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi hamda o‘qishga qabul qilish ishlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
