Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent metrosi ilk bor bir kunda 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Jamiyat 29 sentyabr, 11:53
Toshkent metrosi ilk bor bir kunda 1,2 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Toshkent metropoliteni yangi rekord o‘rnatdi. 2026-yil 28-sentabr kuni metro xizmatlaridan 1 200 124 nafar yo‘lovchi foydalandi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu tariqa poytaxt metrosi o‘z tarixida ilk bor bir kunda 1,2 million yo‘lovchi chegarasidan oshdi.

Rekordchi yo‘lovchi ham aniqlanib, metro rahbariyati tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Unga esdalik sovg‘alari hamda jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr oyida Toshkent metrosi bir millioninchi yo‘lovchini taqdirlagan edi. O‘shanda ham g‘olibga bir yillik transport kartasi berilgan.

So‘nggi haftalarda poytaxt jamoat transportida yo‘lovchilar soni bo‘yicha bir qator rekordlar qayd etilmoqda. 15-sentabr kuni Toshkent avtobuslaridan 1 520 113 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, o‘sha kuni metro yo‘lovchilari soni 1,16 millionga yetgan edi.

6990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→