Rossiya O‘zbekistonga olib chiqiladigan naqd rublga limit joriy qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan farmonga ko‘ra, jismoniy shaxslar Rossiyadan O‘zbekistonga 1 million rubldan ortiq naqd pul olib chiqolmaydi.
Yangi tartib Ozarbayjon, Tojikiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga ham tatbiq etiladi. Belgilangan limitdan ortiq mablag‘ aniqlansa, oshgan qismi musodara qilinadi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun talablar yanada qat’iy: ularga O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikistonga naqd rubl olib chiqish miqdoridan qat’i nazar taqiqlanadi.
Ayrim istisnolar ham mavjud. Xususan, fuqarolar hukumat belgilagan aeroportlar orqali bank hujjatlarini taqdim etgan holda 1 million rubldan ortiq mablag‘ olib chiqishi mumkin. Farmon 2026-yil 29-sentabrdan kuchga kirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
