Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, hujjat “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. Loyiha bolalarni zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlaridan himoya qilish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish va javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Qonunchilik palatasi kengashi qonun loyihasini navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritdi. Uni ko‘rib chiqish uchun mas’ul etib Demokratik institutlarni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati masalalari qo‘mitasi belgilangan.
Hujjat bilan:
- Jinoyat kodeksiga;
- Jinoyat-protsessual kodeksiga;
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga;
- bolalar huquqlarini himoya qilishga oid boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Qonun loyihasi 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi kutilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
