O‘zbekistonda oktabr oyi o‘zgaruvchan ob-havo bilan boshlanadi

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 2026-yil oktabr oyi O‘zbekistonda beqaror ob-havo bilan boshlanadi.
1-oktabr kuni mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida sentabr oxirida kirib keladigan nam va nisbatan salqin havo oqimining ta’siri saqlanib qoladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik nisbatan kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.
2–4-oktabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi va havo harorati biroz ko‘tariladi. Biroq 4-oktabrdan boshlab shimoli-g‘arbiy hududlarga yana salqin va nam havo kirib keladi. 5–7-oktabr kunlari ushbu havo massalari butun mamlakat bo‘ylab tarqaladi.
Sinoptiklar oy davomida “harorat tebranishlari” kuzatilishini qayd etmoqda. Issiq davrlarda:
- kechasi +10…+13 daraja;
- kunduzi +25…+28 daraja
bo‘lishi kutilmoqda.
Sovuq havo kirib kelgan paytlarda esa:
- kechasi +3…+8 daraja;
- kunduzi +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi.
Mamlakatning shimoliy hududlarida sovuq yanada sezilarli bo‘lishi mumkin. Ayrim kechalari harorat 0…-2 darajagacha tushishi, kunduzlari esa +10…+15 daraja atrofida saqlanishi prognoz qilinmoqda.
Umuman olganda, oktabr oyidagi harorat me’yor atrofida yoki ayrim hududlarda undan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik ham notekis taqsimlanadi. Qoraqalpog‘iston va shimoliy hududlarda yog‘in miqdori odatdagidan kamroq bo‘lishi mumkin. Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda esa me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yog‘ingarchilik hajmi iqlim me’yoridan yuqoriroq bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
