Kesarcha kesish amaliyoti uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan tug‘ruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2026-yil 28-sentabrda ro‘yxatdan o‘tgan hujjatga ko‘ra, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida kesarcha kesish amaliyoti maxsus tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatmalar asosida qo‘llaniladi.
Hujjatda kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazish uchun 31 ta tibbiy ko‘rsatma belgilangan. Shuningdek, kesarcha kesish quyidagi toifalarga ajratilgan:
- shoshilinch;
- kechiktirib bo‘lmaydigan;
- rejalashtirilgan;
- rejali.
Yangi tartibga ko‘ra, tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmagan holatlarda ham homilador ayol kesarcha kesish usulini tanlash huquqiga ega.
Bunda shifokorlar ayolni amaliyot bilan bog‘liq xavf va ehtimoliy salbiy oqibatlar haqida to‘liq xabardor qilishi lozim. Kesarcha kesish faqat bemorning ixtiyoriy roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Mazkur hujjat tug‘ruqni qabul qilish amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish va bemorlarning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
