Singapore Airlines 2026-yilda dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi

Dunyo 26 sentyabr, 20:46
Singapore Airlines 2026-yilda dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi

Singapore Airlines World Airline Awards 2026 reytingiga ko‘ra dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb e’tirof etildi.

Skytrax tomonidan taqdim etiladigan ushbu mukofot tarixida Singapore Airlines bosh sovrinni oltinchi marta qo‘lga kiritdi. Kompaniya, shuningdek, eng yaxshi ekonom klass va ekonom klassdagi eng yaxshi bort taomlari nominatsiyalarida ham g‘olib bo‘ldi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan o‘tgan yilgi g‘olib Qatar Airways joy oldi. Kuchli uchlikni Cathay Pacific yakunladi.

2026-yilning eng yaxshi 10 ta aviakompaniyasi

  1. Singapore Airlines
  2. Qatar Airways
  3. Cathay Pacific
  4. ANA All Nippon Airways
  5. Turkish Airlines
  6. Emirates
  7. Air France
  8. Hainan Airlines
  9. Japan Airlines
  10. Korean Air

Qatar Airways eng yaxshi biznes-klass, eng yaxshi biznes-zal va eng yaxshi bort Wi-Fi xizmatlari bo‘yicha mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Cathay Pacific eng yaxshi bort kuzatuvchilari va birinchi klass yo‘lovchilari uchun eng yaxshi zal nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

AirAsia ketma-ket 17-marta dunyoning eng yaxshi loukoster aviakompaniyasi sifatida e’tirof etildi.

Bundan tashqari:

  • Scoot — eng yaxshi uzoq masofali loukoster;
  • Bangkok Airways — eng yaxshi mintaqaviy aviakompaniya;
  • Air Transat — eng yaxshi sayyohlik aviakompaniyasi;
  • Starlux Airlines — dunyoning eng toza aviakompaniyasi deb topildi.

World Airline Awards mukofoti 1999-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Reyting yo‘lovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida shakllantiriladi. Bu galgi tadqiqotda 100 dan ortiq mamlakat fuqarolari ishtirok etib, 300 dan ziyod aviakompaniya faoliyatini baholagan.

2280

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→