Mehnat migrantlari uchun pensiya badalini xorijdan to‘lash imkoniyati yaratiladi

Xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining pensiya stajini hisoblash masalalari pensiya islohoti loyihasini tayyorlash doirasida o‘rganilmoqda. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi mutasaddilari 25-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Nuriddin Shodixo‘jayevning aytishicha, bu yo‘nalishda ikki mexanizm ustida ish olib borilmoqda.
Birinchisi, xorijda ishlayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lash imkoniyatini berish. Amaldagi tartibga ko‘ra, fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar kabi yiliga kamida 440 ming so‘m miqdorida badal to‘lashi mumkin.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, fuqaro O‘zbekistonga qaytganidan keyin uch yil davomida avvalgi davr uchun ham ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Bunda har bir yil uchun 440 ming so‘mdan to‘langan badal tegishli davrni pensiya stajiga kiritish imkonini beradi.
Ikkinchi yo‘nalish — xorijiy davlatlar bilan pensiya ta’minoti bo‘yicha davlatlararo bitimlar tuzish. Hozirda Ozarbayjon va Qirg‘iziston bilan bunday kelishuvlar imzolangan.
Shodixo‘jayevning qayd etishicha, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari ko‘p mehnat qilayotgan boshqa davlatlar bilan ham shu kabi bitimlarni tuzish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Bunday kelishuvlarga ko‘ra, fuqaro qaysi davlatda rasman ishlagan bo‘lsa, pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar o‘sha davlatdagi mehnat faoliyati davriga muvofiq hisobga olinadi.
Shuningdek, xorijda ishlayotgan fuqarolar uchun “Migrant pensiya” ilovasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Atadjanovning so‘zlariga ko‘ra, bu borada Markaziy bank, tijorat banklari, Asterium, Telegram Wallet va transchegaraviy pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilgan.
Hozir xorijda ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy soliq to‘lashi uchun huquqiy asos mavjud, biroq uni xorijdan turib amalga oshirishning texnik imkoniyati yo‘q. Yangi mexanizm orqali migrantlar xorijda bo‘lgan vaqtida mahalliy ilova yoki to‘lov tizimi orqali pensiya badalini to‘lashi, mablag‘ esa O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
