Yangiliklar/Siyosat

“Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

Siyosat 26 sentyabr, 12:12
“Demografik dividend — 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.

Uchrashuvda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

«O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Ta’kidlanganidek, yosh avlod salohiyatini kelgusida demografik dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan sarmoya kiritish muhim.

Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish uchun demografik prognozlash tizimini joriy etish hamda «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlarga ham bog‘liqligi ta’kidlandi.

2,2250

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→