Yangiliklar/Jamiyat

Yashnobod tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 25 sentyabr, 18:06
Yashnobod tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 26-sentabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent magistral elektr tarmoqlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni mutaxassislar «Vodil» podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib boradi.

Shu munosabat bilan soat 00:00 dan 05:00 gacha quyidagi ko‘cha va hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Toshselmash;
  • Botkina;
  • Maxtumquli;
  • Yangibozor;
  • M. Ulug‘bek;
  • S. Mashhadi;
  • M. Riyoziy;
  • Boyqo‘rg‘on;
  • Qamashi;
  • Oltintepa;
  • Sandikli;
  • Do‘stobod;
  • 22-harbiy shaharcha.
4480

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→