Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev va qozog‘istonliklarga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya va madad so‘zlarini yo‘lladi.
Fojia 24-sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida Harbiy-dengiz kuchlarining rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havoning keskin yomonlashuvi oqibatida bir guruh harbiy xizmatchilar Kaspiy dengiziga olib ketilgan.
Hodisa oqibatida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ushbu fojiadan so‘ng Qozog‘istonda 25-sentabr umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
