Pensiyaga chiqishni kechiktirganlarga ko‘proq pensiya berilishi mumkin

O‘zbekistonda pensiya yoshiga yetganidan keyin ishlashda davom etadigan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida yangi tartib joriy etilishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, 2028-yil 1-apreldan boshlab birinchi marta pensiya tayinlashda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi oshiriladi.
Hozirda pensiya hisoblashda ish haqining pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq qismi inobatga olinmaydi. Yangi tartib qabul qilinsa, bu ko‘rsatkich:
- 13 baravargacha oshiriladi;
- pensiyaga 6 oy kech chiqilganda 14 baravar etib belgilanadi;
- pensiyaga 12 oy kech chiqilganda 15 baravargacha yetkaziladi.
Amaldagi tartibda pensiya hisoblash uchun bazaviy miqdorning 12 baravari, ya’ni 6 mln 48 ming so‘mgacha bo‘lgan ish haqi hisobga olinadi. Taklif etilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra bu chegara 6 mln 552 ming so‘mgacha oshadi.
Pensiyaga chiqishni 6 oyga kechiktirganlar uchun hisobga olinadigan ish haqi limiti 7 mln 56 ming so‘mni, 12 oyga kechiktirganlar uchun esa 7 mln 560 ming so‘mni tashkil etadi.
Natijada yuqori daromad oluvchi fuqarolar:
- pensiyaga 6 oy kech chiqqanda oyiga 277,2 ming so‘mgacha yoki 8 foizga ko‘proq;
- pensiyaga 12 oy kech chiqqanda oyiga 554,4 ming so‘mgacha yoki 15 foizga ko‘proq pensiya olishi mumkin.
Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda yangi tizim 2028-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
