Yangiliklar/Jamiyat

O‘zbekistonda elektr uzoq vaqt o‘chirilsa, iste’molchilarga kompensatsiya to‘lanadi

Jamiyat 25 sentyabr, 22:57
O‘zbekistonda elektr uzoq vaqt o‘chirilsa, iste’molchilarga kompensatsiya to‘lanadi

O‘zbekistonda elektr energiyasi uzoq vaqtga o‘chirilgan holatlarda iste’molchilarga kompensatsiya to‘lash mexanizmi joriy etiladi. Yangi tartib Prezidentning 22-sentabrdagi farmoni bilan belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha belgilangan me’yoriy muddatlar buzilgan taqdirda iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi ishlab chiqiladi.

Shu tariqa, elektr tarmoqlari kompaniyalari elektr ta’minotini o‘z vaqtida tiklash bilan birga, belgilangan muddatlar buzilgan holatlarda moliyaviy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

Kompensatsiya to‘lash tartibi bo‘yicha nizom loyihasi 2026-yil dekabrigacha tayyorlanishi kerak. Hujjatni Energetika vazirligi va tegishli idoralar ishlab chiqib, keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Yangi tartib doirasida avariyaviy-ta’mirlash ishlarini yakunlashning eng yuqori muddatlari ham belgilanadi. Agar elektr energiyasi belgilangan muddatdan ortiq vaqt davomida bo‘lmasa, iste’molchilarga kompensatsiya to‘lash mexanizmi qo‘llanadi.

Kompensatsiya to‘lashning aniq shartlari, miqdori va tartibi alohida nizom bilan belgilanadi. Uning loyihasini 2026-yil dekabrigacha tayyorlash rejalashtirilgan.

6320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→