O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi

Sport 25 sentyabr, 10:00
O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi

24-sentabr kuni Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hisobni ochdi. 49-daqiqada Eron vakili Ramin Rizoiy hisobni tenglashtirdi.

58-daqiqada Eldor Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, dubl qayd etdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning 4-daqiqasida Husayn Norchayev O‘zbekistonning uchinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1-oktabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 6-oktabrda esa jamoa Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

4410

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→