O‘zbekistonda ayollar maoshi erkaklarnikidan 35–40 foizga kam

O‘zbekistonda ayollarning ish haqi erkaklarnikidan o‘rtacha 35–40 foizga kam. Hatto ular bir sohada ishlasa va malaka darajasi o‘xshash bo‘lsa ham, ish haqi o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda. Bu haqda Jahon bankining «O‘zbekistonda kambag‘allik va tenglikni baholash: farovonlik va barcha uchun imkoniyatlarni kengaytirish sari» hisobotida qayd etilgan.
Hisobotda ayollar bandligini oshirish mamlakatda kambag‘allikni yanada qisqartirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Jahon banki buning uchun bolalarni parvarish qilish xizmatlarini kengaytirish, shuningdek, ayollarning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun sifatli ta’limga investitsiyalarni oshirishni tavsiya qilgan.
Shuningdek, chekka hududlar va mahallalarda transport qatnovi hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash taklif etilgan. Ijtimoiy yordamni eng ko‘p ehtiyojmand aholi guruhlariga aniqroq yo‘naltirish ham tavsiya qilingan.
Ayollarni ish joyida himoya qilishga e’tibor qaratiladi
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Djurayevning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mamlakat oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarining 53 foizini ayollar tashkil etadi.
Uning fikricha, bu kelgusida ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish uchun imkoniyat yaratadi.
Djurayevning qayd etishicha, vazirlik Jahon banki bilan hamkorlikda ayollarni ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlardan himoya qilish bo‘yicha maxsus komissiya ham tuzgan.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Nandji Benhassin ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda erishilgan natijalarni mustahkamlash uchun inson kapitaliga investitsiya kiritish, yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish zarur.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
