Yangiliklar/Jamiyat

Maktab qo‘riqlash xodimi 12 yoshli o‘quvchiga nisbatan shahvoniy shilqimlikda gumon qilinmoqda

Jamiyat 24 sentyabr, 12:56
Maktab qo‘riqlash xodimi 12 yoshli o‘quvchiga nisbatan shahvoniy shilqimlikda gumon qilinmoqda

15-sentabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi maktablardan birida shartnoma asosida qo‘riqlash xizmati xodimi bo‘lib ishlagan 23 yoshli yigit bilan bog‘liq holat yuz bergan. Sud hujjatiga ko‘ra, u 12 yoshli 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan shahvoniy xarakterdagi harakatlarni sodir etgan.

Hujjatda qayd etilishicha, soat 15:30 atrofida qo‘riqlash xodimi maktab binosida 12 yoshli qizning oldiga borib, uning belidan ushlagan va labidan o‘pgan

Surishtiruv organi ushbu harakatlarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi — shahvoniy shilqimlik qilish sifatida baholab, ishni sudga yuborgan.

Biroq sud ishni ko‘rib chiqib, erkakning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Shu sababli ma’muriy ish prokurorga qaytarilgan.

Sud ajrimida voqea bilan bog‘liq holatlarni to‘liq tekshirish, jumladan, 2014-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan mazkur harakatlar sodir etilgan-etilmaganini hamda gumon qilinayotgan shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bor-yo‘qligini aniqlash zarurligi qayd etilgan.

Agar tekshiruv davomida jinoyat sodir etilgani aniqlansa, gumon qilinayotgan shaxsning harakatlariga tegishli huquqiy baho beriladi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmasdan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan bunday harakatlar sodir etilgan taqdirda jazo og‘irroq bo‘lishi mumkin.

7110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→