Yamanda husiylar strategik balandliklar uchun jang qilmoqda, minglab aholi uylarini tark etmoqda

Yamanda husiylar va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat kuchlari o‘rtasidagi janglar davom etmoqda. Qarama-qarshilikning asosiy markazlaridan biri Qizil dengiz yaqinidagi strategik ahamiyatga ega tog‘li hududlar bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar yaqinda Moha porti va unga tutash hududlarni nazoratiga olganidan so‘ng Taiz va Lahj viloyatlaridagi Kahbub tog‘lari uchun kurashni kuchaytirgan. Ushbu balandliklar Bob al-Mandab bo‘g‘ozi va Mayyun oroliga nazorat o‘rnatish imkonini beradi.
Janglar fonida AQSHning ehtimoliy harbiy aralashuvi haqidagi xabarlar ham paydo bo‘ldi. Amerika OAVlari xabariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp husiylarga qarshi havo hujumlari bo‘yicha buyruq bergan, biroq operatsiya so‘nggi daqiqalarda bekor qilingan.
Husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy AQSHni mojaro eskalatsiyasidan ogohlantirib, Saudiya Arabistoni bilan birgalikdagi harbiy harakatlar yanada jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
So‘nggi haftalarda harbiy harakatlar keskin kuchaygan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroning yangi bosqichida kamida 674 kishi halok bo‘lgan, qariyb 3 ming kishi yaralangan. Shuningdek, Yamandagi ko‘chirilgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha idora hisob-kitoblariga ko‘ra, sentabr oyining o‘zida 158 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etgan. Ular orasida Adan, Hodeyda va Taiz viloyatlari aholisi ham bor.
Xalqaro tashkilotlar urush fonida mamlakatdagi gumanitar inqiroz chuqurlashayotganidan ogohlantirmoqda. Mutaxassislar Yamanning oziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 90 foizini import qilishini eslatib, portlar va aeroportlar faoliyatidagi uzilishlar millionlab odamlarning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 18 milliondan ortiq kishi oziq-ovqat tanqisligi xavfi ostida yashayotgani ta’kidlanmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
