XDP jamoat transporti tariflari fonida o‘quvchilar uchun imtiyozli yo‘l haqini taklif qildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkentda jamoat transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqish va School Bus tizimini joriy etish bo‘yicha muhokamalarga munosabat bildirdi.
Partiya vakillarining fikricha, yo‘l haqi tariflari nafaqat tashuvchilarning xarajatlari, balki aholi daromadlari, oilalarning kundalik xarajatlari hamda ta’lim olish imkoniyatlariga ta’siridan kelib chiqib belgilanishi kerak.
XDP ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilari va talabalar jamoat transportining eng faol foydalanuvchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois tarif siyosatini ishlab chiqishda bolali, kam ta’minlangan va ko‘p farzandli oilalarning manfaatlari alohida e’tiborga olinishi lozim.
Maktab o‘quvchilari uchun alohida tarif taklif qilindi
Partiya barcha maktab o‘quvchilari uchun maxsus imtiyozli yo‘l haqi joriy etishni taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish zarurligi qayd etildi.
XDP vakillariga ko‘ra, ta’limga erkin kirish imkoniyati va bolalarning xavfsiz harakatlanishi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak.
School Bus tizimi qo‘llab-quvvatlandi
Partiya maktab avtobuslari tizimi o‘quvchilarning xavfsizligini oshirishga xizmat qiladigan muhim loyiha ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, School Bus xizmatidan foydalanish ota-onalar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lib qolmasligi kerakligi alohida qayd etildi.
XDP xalqaro tajribada o‘quvchilar uchun transport xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan turli mexanizmlar muvaffaqiyatli qo‘llanayotganini eslatdi. Jumladan, ayrim mamlakatlarda yo‘l haqiga chegirmalar beriladi, boshqalarida esa xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.
Tariflar bo‘yicha qarorlar ijtimoiy ta’sirni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak
Partiya tariflarni o‘zgartirishdan oldin uning aholiga ta’sirini chuqur o‘rganish zarurligini bildirdi. XDP fikricha, jamoat transporti sohasidagi islohotlar iqtisodiy samaradorlik bilan bir qatorda ijtimoiy adolat, ta’limning ochiqligi va oilalar manfaatlarini ham ta’minlashi lozim.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
