Yangiliklar/Texnologiya

Wildberries Toshkent yaqinida yirik logistika markazi quradi

Texnologiya 21 sentyabr, 17:00
Wildberries Toshkent yaqinida yirik logistika markazi quradi

Wildberries kompaniyasi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan 67,3 gektar yer maydonini uzoq muddatli ijaraga oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer uchastkasi «WB INT EXPORT» MChJga 25 yil muddatga ajratilgan bo‘lib, ijara shartnomasi qiymati 5 million dollarni tashkil etadi.

Mazkur hududda zamonaviy logistika kompleksi barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmua mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, saralash va yetkazib berish jarayonlarini markazlashgan holda tashkil etishga xizmat qiladi.

Loyihaning Toshkent shahri yaqinida joylashgani yuklarni qayta ishlash tezligini oshirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va logistika xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

Yangi markaz o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar Wildberries platformasiga osonroq ulanishi, mahsulotlarini tezroq jo‘natishi hamda eksport geografiyasini kengaytirishi mumkin bo‘ladi.

1,1830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→