Toshkentda yana bir yo‘nalishda «Yashil to‘lqin» tizimi joriy etildi

Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Kichik halqa avtomobil yo‘lining navbatdagi qismida «Yashil to‘lqin» tizimini ishga tushirdi.
Tizim O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yaqinidagi piyodalar o‘tish joyidan Visol to‘yxonasi qarshisidagi, Shayx Zayniddin ko‘chasi kesishmasi yaqinida joylashgan piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan 5 kilometrlik hududni qamrab oladi. Mazkur yo‘nalishda 12 ta svetoforning ish rejimi o‘zaro muvofiqlashtirildi. Endilikda haydovchilar 50-60 km/soat tezlikda harakatlanganda ko‘plab chorrahalardan qizil chiroqda to‘xtamasdan o‘tishi mumkin.
"Yashil to‘lqin" tizimi joriy etilishidan avval ushbu masofani bosib o‘tish uchun o‘rtacha 11 daqiqa 30 soniya talab etilgan. Svetoforlar sinxronlashtirilgach, bu ko‘rsatkich 9 daqiqa 40 soniyagacha qisqargan. Natijada haydovchilar har bir qatnovda qariyb 1 daqiqa 50 soniya vaqt tejamoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bu har biri 35-40 soniya davom etadigan uchta qizil chiroqda kutish vaqtiga teng.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtning transport oqimi yuqori bo‘lgan boshqa ko‘chalarida ham «Yashil to‘lqin» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ishlari davom ettiriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
