Angrenda 20 yoshli yigit xususiy klinikadagi ukoldan so‘ng komaga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida yashovchi 20 yoshli yigit xususiy klinikada tibbiy yordam olganidan so‘ng komaga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holat yuz berganini tasdiqladi.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, 31-iyul kuni yigit shamollash alomatlari bilan xususiy klinikaga murojaat qilgan. Unga dori vena orqali yuborilgach, bemorning ahvoli keskin yomonlashgan va u hushini yo‘qotgan.
Mazkur holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Ishchi guruh tuzilib, xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Mutaxassislar ko‘rsatilgan tibbiy yordam sifati, davolash jarayoni va bemor ahvolining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, holatga tibbiy va huquqiy baho beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlanganidan so‘ng taqdim etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
