Yangiliklar/Jamiyat

Uchko‘prikda 57 kishi ovqatdan zaharlanish gumoni bilan shifoxonaga yotqizildi

Jamiyat 18 sentyabr, 19:55
Uchko‘prikda 57 kishi ovqatdan zaharlanish gumoni bilan shifoxonaga yotqizildi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 57 kishi ovqatdan zaharlanish gumoni bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 18-sentabr kuni fuqarolar Navro‘zshoh ko‘chasidagi tez tayyorlanadigan ovqatlanish shoxobchalaridan birida xot-dog, non-burger va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilgan.

Dastlab 37 kishi tibbiy yordam so‘ragan. Keyinchalik shifoxonaga yotqizilganlar soni 57 nafarga yetgan. Bemorlar orasida og‘ir holatdagilar va reanimatsiyaga muhtojlar yo‘q.

Mutaxassislar iste’mol qilingan mahsulotlardan namunalar hamda bemorlardan biologik namunalar oldi. Ular laboratoriya tekshiruvlariga yuborildi.

Holat yuzasidan epidemiologik tekshiruv davom etmoqda.

1,0830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→