Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini Kallibek Kamalov xotirasiga ehtirom bilan boshladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Safar avvalida davlatimiz rahbari joriy yil fevral oyida vafot etgan taniqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. U yerda Qur’on tilovat qilinib, marhum haqqiga duo qilindi.

Prezident Kallibek Kamalovning ibratli hayot yo‘li, mamlakat va xalq oldidagi xizmatlarini yodga olib, o‘tganlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish, keksalarni e’zozlash yosh avlod uchun muhim tarbiya maktabi ekanini ta’kidladi.

Kallibek Kamalov uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘istonda turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. U hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan.

Keyingi yillarda esa Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etgan.
Kallibek Kamalov xizmatlari uchun “Shuhrat” medali hamda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
