Yangiliklar/Jamiyat

Real Sanjik ishi: bloger BMT va AQSH rasmiylariga murojaat qildi

Jamiyat 18 sentyabr, 15:30
Real Sanjik ishi: bloger BMT va AQSH rasmiylariga murojaat qildi

Bloger Sanjar Karimov (Real Sanjik) o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi yuzasidan xalqaro tashkilotlarga murojaat qildi. Bu haqda huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Tashanovning yozishicha, bloger sud jarayoni adolatsiz o‘tganini va davlat organlari tomonidan qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilganini bildirgan holda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hamda BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga shikoyat yuborgan.

Murojaatda Sanjar Karimov unga nisbatan dalillar soxtalashtirilgani, jumladan, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq ayblovlar asossiz ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, blogerning AQSH fuqarolari bo‘lgan onasi va opasi AQSH davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Adliya vazirligi vakili Todd Blanche hamda O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonovga murojaat yo‘llab, Sanjar Karimov ishiga e’tibor qaratish va adolatsizlikka chek qo‘yishda yordam so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 8-may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Sanjar Karimovni firibgarlik, o‘ldirish bilan tahdid qilish va giyohvandlik vositalari muomalasiga oid moddalar bo‘yicha aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan. Shuningdek, unga 410 BHM miqdorida jarima ham tayinlangan.

Abdurahmon Tashanovning fikricha, blogerga qo‘yilgan giyohvandlik bilan bog‘liq ayblovlar to‘liq soxtalashtirilgan. Hozirda jinoyat ishi apellyatsiya bosqichida ko‘rib chiqilmoqda.

1,1920

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→