Messi Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishi mumkin

Lionel Messi Benin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Argentina terma jamoasiga chaqirildi. Argentina futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv 6-oktabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi va 39 yoshli futbolchi uchun milliy terma jamoadagi xayrlashuv o‘yini bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, 31-avgust kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgandi. U milliy jamoa safida 2005-yildan 2026-yilgacha, jami 21 yil davomida to‘p surdi.
Messi terma jamoa tarixidagi rekord natijani qayd etib, 207 ta o‘yin o‘tkazdi va 125 ta gol urdi. Uning Argentina safidagi so‘nggi rasmiy uchrashuvi 2026-yil yozida Ispaniyaga qarshi o‘yin bo‘ldi.
2026-yilgi jahon chempionatidan so‘ng argentinalik futbolchi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) hamda Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Hozirda Messi Inter Mayami klubi safida faoliyat yuritmoqda. Uning klubdagi karyerasining asosiy qismi esa Barselona bilan bog‘liq bo‘lib, u bu jamoa bilan ko‘plab milliy va xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, argentinalik yulduz futbol tarixida sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi sifatida ham rekordchi hisoblanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
