Emporio Armani’da ilk bor Armani oilasidan boʻlmagan kreativ direktor paydo boʻldi

Emporio Armani moda uyining yangi kreativ direktori etib Dario Vitale tayinlandi. Vogue nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu brend tarixida ilk bor Armani oilasiga mansub bo‘lmagan dizayner ushbu lavozimni egallamoqda.
Vitale bundan buyon Emporio Armani bilan bir qatorda Giorgio Armani Accessories yo‘nalishining ijodiy rivoji uchun ham mas’ul bo‘ladi. U yangi vazifasiga darhol kirishadi. Tayinlovni izohlar ekan, dizayner yangi lavozimni katta mas’uliyat sifatida qabul qilishini bildirdi.
«Armani boy merosga va o‘ziga xos dizayn tiliga; o‘n yillarga cho‘zilgan va moda tarixini shakllantirgan an’anaga ega. Men bularning barchasiga chuqur mas’uliyat tuyg‘usi va ishtiyoq bilan yondashaman», — deya ta’kidladi Vitale.
Armani’ga o‘tishidan oldin Dario Vitale Versace moda uyiga rahbarlik qilgan, u Donatella Versace ketganidan so‘ng rahbarlik lavozimini egallagan.
Yangi lavozimda Vitale Jorjio Armanining o‘rnini egalladi, u o‘nlab yillar davomida brendning ijodiy yo‘nalishini shaxsan belgilab kelgan. Moda uyi asoschisi 2025-yil sentabrida 91 yoshida vafot etgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
