Toshkentdan Bahraynga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Dunyo 16 sentyabr, 12:52
Toshkentdan Bahraynga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

O‘zbekiston Bahrayn bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu masala O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov hamda Bahrayn turizm vaziri Fatima al-Sayrafi o‘rtasida BAAda o‘tkazilayotgan Arabian Travel Market 2026 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, o‘zaro turistlar oqimini ko‘paytirish va ikki mamlakat turizm industriyasi vakillari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida turizm sohasida statistik ma’lumotlar va marketing tadqiqotlari natijalari bilan almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu yo‘nalishlarni birgalikda tahlil qilish va ko‘proq turistlarni jab qilish uchun choralar ishlab chiqish imkonini beradi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Toshkent – Manama yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Reyslar ishga tushirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik va turistik safarlarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Shuningdek, tomonlar turizm tarmog‘i va OAV vakillari uchun o‘zaro infoturlar hamda press-turlarni tashkil etishni davom ettirishga kelishib oldi. Bahrayn vakillari noyabr oyida o‘tkaziladigan «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonni turistik maqsadlarda Bahraynning 551 nafar fuqarosi tashrif buyurgan. 2024-yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 95% ga oshgan, 2023-yilga nisbatan esa deyarli uch baravarga ko‘paygan.

4320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→