Toshkentdagi Maxtumquli koʻchasida «yashil toʻlqin» sozlandi

Toshkentning eng serqatnov magistrallaridan biri — Maxtumquli ko‘chasida svetoforlarning muvofiqlashtirilgan ishlashi «yashil to‘lqin» tamoyili asosida joriy etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTTM) xabar berdi.
Tizim o‘rtacha 55 km/soat tezlikda harakatlanish uchun hisoblangan. 11 ta svetofor obyektining ishlashi sinxronlashtirilgach, Amir Temur skveridan sobiq TAPOiCh zavodi yonidagi uch darajali yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan uchastkadan o‘tish vaqti 10% ga qisqardi, yo‘nalishning o‘tkazuvchanligi esa 12% ga oshdi.
YHTTM ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda sutkalik o‘rtacha harakat intensivligi qariyb 90 mingta avtomobilni tashkil etadi.
Tizim ustun transport oqimiga qarab ikki rejimda ishlaydi. Yarim tundan 13:00 gacha shaharning markazi tomonga harakatlanishga ustuvorlik beriladi, 13:00 dan yarim tungacha esa svetoforlar muvofiqlashtiruvi Toshkent viloyati yo‘nalishida sozlangan.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazida qayd etilishicha, amaldagi safar vaqti yo‘lning bandligi, haydovchilarning tezlik rejimiga rioya qilishi, manevrlar va boshqa yo‘l omillariga qarab o‘zgarishi mumkin.
Hozirda mutaxassislar transport oqimlarini tahlil qilishni davom ettirmoqda va poytaxtning boshqa ko‘chalarida ham shunga o‘xshash yechimlarni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
