Yangiliklar/Jamiyat

Sirdaryo viloyatida 18 yoshli yigit bankomatni bolta bilan buzib ochishga urindi

Jamiyat 16 sentyabr, 13:08
Sirdaryo viloyatida 18 yoshli yigit bankomatni bolta bilan buzib ochishga urindi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida ichidagi pullarga kirish maqsadida bankomatga shikast yetkazishga uringan 18 yoshli mahalliy fuqaro ushlandi.

Hodisa 12 sentyabr kuni soat 03:16 lar atrofida «Oltin vodiy» mahallasidagi Komiliy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qo‘riqlash xizmati xabariga ko‘ra, Monitoring markaziga bankomatdan xavotir signali kelib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit qurilma oldiga niqob va qo‘lqopda kelib, bolta hamda boshqa asboblar yordamida uni buzib ochishga uringan va bankomatning tashqi qismini shikastlagan.

Voqea joyiga Guliston tumani IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelgan. Huquq-tartibot xodimlarini ko‘rgan gumonlanuvchi qochishga uringan, biroq mobil guruh tomonidan qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxs tumanlik 18 yoshli yigit ekani aniqlangan. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

5750

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→