Yangiliklar/Siyosat

Oilaviy shifokorlar har oy 4 EKIH miqdorida ustama olishi mumkin

Siyosat 16 sentyabr, 16:53
Oilaviy shifokorlar har oy 4 EKIH miqdorida ustama olishi mumkin

2027-yildan boshlab O‘zbekistonda tibbiyot, farmatsevtika va pedagogika sohalari xodimlariga bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga har oy qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. Bu chora tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prezident farmonida belgilangan.

Ustamalar miqdori xodimning ma’lumoti va mutaxassisligiga qarab belgilanadi:

  • Bakalavr darajasiga ega hamshiralar va hamshirlar har oy qo‘shimcha 1 MHTEKM yoki 1,36 mln so‘m oladi;
  • Magistr darajasiga ega hamshiralar va hamshirlar uchun ustama 2 MHTEKM yoki 2,72 mln so‘mni tashkil etadi;
  • Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishda magistr darajasiga ega pedagoglar uchun ustama 4 MHTEKM yoki 5,44 mln so‘m etib belgilanadi.

Yangi to‘lovlar tibbiyot kasblarining jozibadorligini oshirish, shuningdek, mutaxassislarni malakasini yanada oshirishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

1,8060

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→