Ziroat Mirziyoyeva Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasining birinchi xonimi Kim He Gyon bilan birga Seul shahridagi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarga Koreyani besh asrdan ortiq boshqargan Choson qirollik sulolasi tarixiga bag‘ishlangan ekspozitsiya namoyish etildi. Ekskursiya davomida Ziroat Mirziyoyeva qadimiy qo‘lyozmalar, she’riy asarlar, an’anaviy liboslar va saroy madaniyatiga oid boshqa artefaktlar bilan tanishdi.

Muzeyga tashrifdan so‘ng Ziroat Mirziyoyeva va Kim He Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy aloqalarga asoslangan O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlari yaqinligini ta’kidladilar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
