Tom Holland kino tarixidagi eng katta kassabop aktyorga aylandi

Dunyo 15 sentyabr, 11:40
Tom Holland kino tarixidagi eng katta kassabop aktyorga aylandi

Britaniyalik aktyor Tom Holland jahon kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop aktyorlar reytingiga boshchilik qildi. DiscussingFilm ma’lumotlariga ko‘ra, u ishtirok etgan filmlarning umumiy kassaviy yig‘imi 15,48 mlrd dollarni tashkil etdi.

Holland reytingning avvalgi yetakchilari — Zoi Saldana va Skarlett Yoxanssonni ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘ringa 15,47 mlrd dollar natija bilan Saldana tushdi, uchinchi pog‘onani esa 15,4 mlrd dollar bilan Yoxansson egallab turibdi.

Aktyorning reyting cho‘qqisiga ko‘tarilishiga "O‘rgimchak-odam: Yangi kun" filmi hamda rejissyor Kristofer Nolan suratga olgan "Odisseya" filmining kassadagi muvaffaqiyati yordam berdi. Ikki kartinaning jami yig‘imi allaqachon 4 mlrd dollardan oshgan.

Eng kassabop aktyorlar o‘ntaligiga shuningdek quyidagilar kirdi:

  1. Tom Holland — $15,48 mlrd;
  2. Zoi Saldana — $15,47 mlrd;
  3. Skarlett Yoxansson — $15,4 mlrd;
  4. Kris Pratt — $15,1 mlrd;
  5. Semyuel L. Jekson — $14,6 mlrd;
  6. Robert Dauni-kichik — $14,3 mlrd;
  7. Tom Kruz — $13,3 mlrd;
  8. Kris Hemsuort — $12,1 mlrd;
  9. Vin Dizel — $12 mlrd;
  10. Kris Evans — $11,4 mlrd.

OAV xabar berishicha, "O‘rgimchak-odam: Yangi kun" filmi uchun Holland 100 mln dollardan ortiq daromad qilishi mumkin. Taqqoslash uchun, 2016 yilda O‘rgimchak-odam obrazida ilk bor paydo bo‘lgani uchun aktyor qariyb 250 ming dollar olgan.

6120

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→