Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan oʻynaydi

Sport 15 sentyabr, 13:51
Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan oʻynaydi

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan FIFA oynasi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Uchrashuv 1-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi va 19:00 da boshlanadi.

O‘yin o‘tkazilishi haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. Fabio Kannavaro jamoasi bu bahsni bo‘lajak rasmiy turnirlarga tayyorgarlik doirasida o‘tkazadi. FIFAning so‘nggi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi dunyoda 60-o‘rinni, Suriya esa 83-pog‘onani egallab turibdi.

Jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixi yetti uchrashuvni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston ikki marta g‘alaba qozongan, Suriya uch bor yutgan, yana ikki uchrashuv durang bilan yakunlangan. Kiritilgan gollar nisbatida ham tenglik saqlanib qolgan — 5:5.

Terma jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin 2024-yil yanvar oyida Osiyo kubogida bo‘lib o‘tgan va golsiz durang — 0:0 — bilan yakunlangan.

Avvalroq, tayyorgarlik davrida O‘zbekiston terma jamoasi 24-sentabr kuni Farg‘onada Eron bilan ham o‘ynashi hamda 6-oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

6100

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→