Karta bloklanishi sababini endi bank orqali bilish mumkin

O‘zbekistonda bank kartalari egalari endi kartaning bloklanish sababini xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali, Markaziy bankka bevosita murojaat qilmasdan bilib olishi mumkin. Buning uchun InfoCards yangi axborot tizimi joriy etildi.
Markaziy bank xabar berishicha, tizim tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari bilan hamkorlikda yaratilgan.
InfoCards yordamida bank tezkor ravishda quyidagilarni tekshira oladi:
- kartani bloklashni qaysi huquqni muhofaza qiluvchi organ boshlab bergani;
- bloklash sanasi;
- joriy etilgan cheklovlar sababi.
Avval bunday ma’lumotni olish uchun fuqarolarga ko‘pincha Markaziy bankka murojaat qilishga to‘g‘ri kelardi. Endi esa o‘z bankingiz bilan bog‘lanish kifoya: bank yangi tizim orqali zarur ma’lumotlarni olib, ularni mijozga taqdim etadi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, InfoCards ishga tushirilishi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni soddalashtirish, ma’muriy yuklamani kamaytirish va bank xizmatlari shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
